Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
23
4
1382025-02-28 23:07

O‘zbekiston tumanilik ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim "Kitobxon davlat xizmatchisi" loyihasining yanvar oyidagi g‘olibi deb topildi

Ma’lumki, Farg‘ona viloyatidagi davlat organi va tashkilotlarining rahbar va xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda o‘ziga xos "Farg‘ona tajribasi" yaratilgan. Viloyat hokimligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Kitobxon davlat xizmatchisi" loyihasi doirasida viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov tomonidan yanvar oyi mutolaasi uchun tavsiya etilgan kitoblar yuzasidan o‘tkazilgan tanlovda O‘zbekiston tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Qo‘rg‘oncha mahallasidagi kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi Jamilaxon Xoliqova g‘olib deb topildi. U Said Axmadning “Ufq” va Ernest Xemingueyning "To'qchilik va yo'qchilik" romanlarini o’qib, ularning mazmuni bo‘yicha shartlardan yetarli baho to‘pladi va munosib taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz