O‘zbekiston tumanida bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi







Tuman hokimi Ravshanbek Begmatov va bitiruvchi yoshlar ochiq muloqoti doirasida umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavludaxon Xodjayeva, hokim o‘rinbosarlari, ustozlar, faxriy pedagoglar, jamoatchilik vakillari hamda bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi. Joriy yilda tumandagi 68 ta umumta’lim maktabini 2 ming 661 nafar o‘quvchi bitirdi. Ularning 56 nafari oltin hamda 9 nafari kumush medal sohibi bo‘lgani yanada quvonarli. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan tuman hokimi Ravshanbek Begmatov bitiruvchilarni qo‘lga kiritgan yutuqlari va bugungi unutilmas kun bilan qutlab, ular yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan albatta unumli foydalangan holda puxta bilim egallashi, katta hayot yo‘lida Vatanimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligini ta’kidladi. Barcha bitiruvchilarga ezgu orzu-maqsadlari, kelgusidagi rejalarida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yoshlarga ko‘plab ezgu tilaklar bildirilib, oliy ta’lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun katta ishonch bildirildi. O‘z o‘rnida, mana shunday tirishqoq, zukko va intiluvchan yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalarga, ularga ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildirildi. Shundan so‘ng tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar tomonidan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar, shuningdek asosiy fan olimpiadalar respublika bosqichida ishtirok etib, salmoqli natijalarga erishgan bir guruh bilimdon yoshlarga esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi