Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi







O‘zbekiston tumanida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Yaypan ovozi” gazetasi tahririyati va ommaviy axborot vositalari xodimlari, faxriy jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavludaxon Xodjayeva, tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiyaxon Sarimsoqova soha fidoiylarini kasb bayramlari bilan muborakbod etdi. Mamlakatimizda OAV vakillarining samarali faoliyat yuritishlari, so‘z erkinligini ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidlanib, ushbu sharafli kasb egalari jamiyat rivojida alohida o‘rin tutishi qayd etildi. Bayram kechasida soha faxriylari va fidoiylari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

O‘zbekiston tumanida bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi