Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi








Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi Dang‘ara tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i, hokim yordamchilari, tijorat banklari hamda boshqa daxldor muassasalar mutasaddilari ishtirok etdi. Ochiq muloqotda tadbirkorlarga qonunchilikdagi o‘zgarishlar, joriy etilayotgan yangilik va qulayliklar, xususan soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, biznes rivoji uchun mavjud imkoniyatlar, imtiyozli kreditlash va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bank kredit mablag‘lari olish, yer ajratish va boshqa turli yo‘nalishlarda muammo va takliflar hamda ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalari bildirildi. Bildirilgan muammolar tegishli mas’ullar hamda tijorat banklarini jalb etgan holda o‘rganildi. Muddat talab qilgan masalalar yuzasidan qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

O‘zbekiston tumanida bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi