Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
80
10
7112025-07-22 20:17

Hamdardlik

O‘zbekiston tumanilik mohir yengil atletika ustasi, sport fidoiysi va minglab shogirdlar ustozi Xoshimjon Turg‘unov 83 yoshida vafot etdi. Xoshimjon Turg‘unov 1942 yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida yurtimizda yengil atletika rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis hisoblanadi. Mohir seleksioner-murabbiy tarbiyalagan qator shogirdlari nafaqat mamlakat chempionatlarida, balki xalqaro bellashuvlarda ham g‘oliblar qatoridan joy olishgan. Ular orasidan ko‘plab halqaro toifadagi sport ustalari, sport ustalari va sport ustaligiga nomzodlar yetishib chiqqan. Halqaro toifadagi hakam X.Turg‘unov O‘zbekiston sporti va yengil atletikasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “Xalq maorifi a’lochisi” faxriy unvonlari va yana bir qator medallar bilan taqdirlangan. O‘zbekiston tumani hokimligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi. O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz