Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
80
10
4332025-07-25 09:35

O‘zbekiston tumanida zamonaviy qadoq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi loyiha ishga tushdi

O‘zbekiston tumanidagi qadoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Shakarobod rivoji” xususiy korxonasi o‘z faoliyatini kengaytirib, yangi va zamonaviy liniyalarni ishga tushirdi. Shu munosabat bilan bugun korxona faoliyatini yangi bosqichga o‘tishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 2021 yildan buyon “Shakarobod” mahallasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mazkur korxona faoliyatini kengaytirishga qaratilgan investisiya loyihasining umumiy qiymati 750 ming dollarni tashkil etdi. Shundan, tashabbuskor tadbirkorga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan xalqaro moliya institutlaridan jalb etilgan 100 ming dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Korxonaga Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirilib, avtomatlashtirish bosqichiga o‘tishga erishildi. Tumanning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan mazkur istiqbolli loyihani amalga tadbiq etilishi natijasida endilikda bu yerda zamonaviy qadoqlash vositalari-gofra korobkalari ishlab chiqariladi. Asosan eksportyorlarga sotilishi ko‘zda tutilgan va mavsumiy sharoitlarga chidamli mazkur zamonaviy qadoqlash vositalari o‘z-o‘zidan pishiqchilik davrida meva-sabzavot mahsulotlarining nobudgarchiligini oldini olish, ularni istiqbolli bozorlar, savdo tarmoqlariga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz holda yetkazib berishda xizmat qiladi. Korxonada zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish barobarida undagi ishchilar soni ham 30 nafarga yetkazildi. Ishchilarning aksar qismini ayollar va yoshlar tashkil etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz