Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
80
10
5162025-07-24 15:12

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdagi o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Ravshanbek Begmatov raislik qilgan sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiyada kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zbekiston tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yilning 6 oyi davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash yuzasidan amalga oshrilgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i Sodirjon Abdullayevning hisoboti tinglandi. Navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30-yanvar kungi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarinni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshriladigan ishlar to‘grisida; O‘zbekiston tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshrilgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshlig‘ining hisoboti to‘grisida; O‘zbekiston tuman mahalliy byudjetining 2025-yil ikkinchi chorak ijrosi va shakillangan qo‘shimcha manbalardan foydalanish haqida; O‘zbekiston tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan bo‘lim boshlig‘ining hisoboti to‘grisida; O‘zbekiston tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025 yil 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; O‘zbekiston tuman yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan 2025-yilning olti oyi davomida qilingan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tarmoq mas’ullarining axborot va hisobotlari tinglandi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida yakunda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz