Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
80
10
4282025-07-25 15:12

Madaniyat karvoni Yaypanda: konsert-tomosha tadbiriga marhamat!

Hurmatli O‘zbekiston tumani aholisi va tumanimiz mehmonlari! Davlatimiz mustaqilligining 34 yillik ayyomi oldidan madaniyat vazirligi tomonidan tashkillanayotgan “Madaniyat karvoni” konsert-tomosha tadbiri joriy yilning 4 avgust kuni tumanimizda bo‘lib o‘tadi. Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohida o‘tkaziladigan tadbir shu kuni soat 19.30 da boshlanadi. Unda yurtimizning taniqli estrada yulduzlari, iste’dodli ijodkorlar va so‘z ustalari ijrosidagi konsert dasturi tuhfa etiladi. Konsert-tomosha tadbiriga kirish mutlaqo bepul! Katta madaniy tadbirga marhamat, aziz yurtdoshlar!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz